Turin derbisining sanasi o‘zgardi

  • 20.04.2019 01:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 35-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Torino" o‘rtasidagi o‘yin belgilangan muddatdan ertaroq o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Unga ko‘ra Turin derbisi 4 may kuni emas, balki 3 may kuni o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” ayni damda 84 ochko bilan A Seriyada peshqadamlik qilmoqda. “Torino” esa 50 ochko bilan 8-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!