Turizm va sport vazirligida Tokio-2020 Tezkor shtabi o‘z faoliyatini boshladi

  • 17 iyul, 2021, 20:54
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Barchamiz orziqib kutayotgan Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.

Tecno

Bu safargi musobaqaga bo‘lgan qiziqish har qachongidan yuqori, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, 32-marotaba o‘tkazilayotgan o‘yinlarni ishtirokchilar va albatta muxlislar ham ancha uzoq, ya’ni 5 yil kutishdi. Vaholanki, shu paytgacha biron marotaba zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining muddati o‘zgarmagan.

Mazkur o‘yinlarning yurtimiz sportchilari uchun ahamiyatli jihati shundaki, Tokiodagi musobaqalar xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik yubileyi arafasida o‘tkazilmoqda. Shu bois har bir sportchimiz kunchiqar yurtdan yorug‘ yuz bilan qaytib, istiqlol ayyomiga munosib to‘yona hozirlashni maqsad qilishgan.

Bo‘lajak o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishning yuqori ekanligini inobatga olgan holda Turizm va sport vazirligida tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tezkor shtab 2021 yil 17 iyuldan 5 sentyabrga qadar faoliyat ko‘rsatib, uning oldiga Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlaridagi yurtimiz sportchilarining ishtiroki to‘g‘ridagi kunlik ma’lumotlarni umumlashtirish hamda ularni keng sport jamoatchiligiga etkazish vazifasi yuklatilgan.

Ma’lumot uchun: Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi shu yilning 19 iyul sanasida charter reys orqali kunchiqar yurtga jo‘nab ketishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
18/07/2021 18:12
БОКСЧИЛАРИМИЗ АЛЛАҚАЧОН ЎША ЕРДА. ҚОЛГАНЛАР ЭРТАГА ЕТИБ БОРИШАР ЭКАН. ҲАММАЛАРИГА ОМАД ЁР БЎЛСИН. АЖОЙИБ ҒАЛАБАЛАРНИ ВА МЕДАЛЛАР ЖАМҒАРМАСИНИ КУТИБ ҚОЛАМИЗ. РИО - 2016 ДАН КАМ БЎЛМАГАН НАТИЖАЛАРНИ КУТАМИЗ. МУСТАҚИЛЛИГИМИЗНИНГ 30 ЙИЛЛИК ТАНТАНАЛАРИГА МУНОСИБ ИШТИРОК ЭТИШЛАРИГА ТИЛАКДОШМИЗ.