Turkiya kubogi. "Istanbul Bashakshehir" minimal hisobda "Galatasaray"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Turkiya kubogining 1-turidan o‘rin olgan bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
"Galatasaray" o‘z maydonida Nuri Shaxin boshchiligidagi "Istanbul Bashakshehir"ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, turnirdagi ilk 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. Bellashuvdagi yagona esa 22-daqiqada Axmed Kutuju tomonidan kiritildi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 62 daqiqa harakat qildi. Abbosbek Fayzullaev esa 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni yakunlab qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiya kubogining "A" guruhidan o‘rin olgan 3 to‘qnashuv yakunlandi. "Alanyaspor" "Trabzonspor"ni minimal hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa (1:0), "Istanbulspor" "Karagyumryuk" bilan nursiz durangga imzo chekdi (0:0).
Fikrlar