Turkiya Superligasi klubi hujumchisi APLga qaytish arafasida

  • 23.01.2026 19:24
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiyaning "Beshiktoш" klubi hujumchisi Temmi Abraham faoliyatini Angliyaning "Aston Villa" jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida taniqli jurnalist Fabrizio Romano X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilgan. Futbolchining shaxsiy shartnoma shartlari esa avvalroq kelishib olingan. Transfer qiymati 21 million yevro va bonuslarni tashkil etadi. Ayni paytda "Aston Villa" vakillari kelishuvni rasmiy yakunlash uchun Turkiyada bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli forvard avval ham birmingemliklar safida to‘p surgan. U faoliyati davomida "Chelsi", "Milan" va "Roma" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!