Turkiyalik ekspert: Husanov Osimxenni "cho‘ntagiga solib qo‘ydi"

  • 29.01.2026 23:41
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

UEFA Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichi doirasidagi soʻnggi, 8-tur uchrashuvida "Manchester Siti" oʻz uyida "Galatasaray" jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etdi.

Mazkur bahsda "shaharliklar" safida asosiy tarkibda maydonga tushgan oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning oʻyini Turkiya OAV va ekspertlari tomonidan yuqori baholandi. Xususan, turkiyalik jurnalist va futbol eksperti Ahmet Chakar Husanovning harakatlari haqida oʻz fikrini bildirdi.

"Ayni paytda Turkiya Superligasining eng kuchli hujumchisi kim? Viktor Osimhеnmi? Shubhasiz, ha. U jismonan baquvvat, chaqqon va tezkor futbolchi. Ammo oʻzbekistonlik Husanov ikki metr orqadan kelib, Osimhеnni  toʻxtatdi. Husanov raqibidan ortda qolgan holatda ham kurashda toʻpga birinchi boʻlib yetib keldi.

Premyer-liga futbolchilari juda tez. Masalan, Xoland tezlikda Abduqodirdan ustun kelib, gol urdi. Bu yerda darajalarning farqi bor", — dedi Chakar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!