Turkmaniston bosh murabbiyi: "Xatolar ustida ishlash kerakligini tushunib etdim"

  • 14 iyun, 2023, 22:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonni ishonchli 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Turkmaniston termasi bosh murabbiyi Mergen O‘razov ishtirok etdi. 

"Bugun mag‘lubiyatga uchradik. Xatolar ustida ishlash kerakligini tushunib etdim. Keyingi o‘yinlarda bor kuchimizni berib, maydonda g‘alaba uchun kurashamiz. 

Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun g‘alaba uchun kurash olib borishdi. Ammo yakunda omad bizga kulib boqmadi. 

O‘zbekiston futbol federatsiyasi va undagi har bir xodimga tashakkur izhor etaman. Tashkilotchilik bo‘yicha muammoga duch kelmadik. 

Bizda potentsial borligini ko‘p aytishmoqda. Ammo imkoniyatlardan unumli foydalanishda xatolarga yo‘l qo‘ymoqdamiz", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!