"Turon"ga yana bir futbolchi qo‘shildi

  • 14.12.2020 18:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliga debyutanti – “Turon” jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti. Oldin xabar berganimizdek, tojikistonlik 20 yoshli yarim himoyachi Umid Sharipov bilan bir yillik shartnoma imzolangandi.

Shuningdek, mavsumni “Lokomotiv” safida o‘tkazgan 23 yoshli himoyachi Davron Umirov ham kelasi yili “Turon” sharafini himoya qiladi. Bu xabarni klub matbuot xizmati ham tasdiqladi. Umirov yakuniga etgan chempionatda “Loko” safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 marta sariq kartochka bilan “siylangan”.

“Turon” klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni 2021 yilning 2 yanvar kunidan boshlashi ma’lum bo‘ldi. Selektsiya ishlari esa davom ettirilmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!