Tuxel asosiy tarkibning ikki o‘yinchisiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

  • 11 avgust, 2022, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist Jeykob Shtaynberg “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel asosiy tarkibning ikki nafar a’zosini transferga qo‘yishga qaror qilgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, germaniyalik murabbiyga ikki hujumkor futbolchi – Kristian Pulishich va Hakim Ziesh kerak bo‘lmay qolgan.

Ayni paytda Kristian Pulishichga birorta xaridor chiqmayapti. “Aristokratlar” yozgi transferlar oynasi yopilgunicha, unga da’vogar chiqishiga ishonmoqda. Hakim Zieshga bir necha klublar qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

“Chelsi” bu ikki o‘yinchidan qutilsa, ularning o‘rniga ikki nafar yangi hujumchi olib kelishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!