Tyago "Liverpul"ni tark etmoqchimi?

Bir necha kun oldin Tyago Alkantaraga Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqishlar borligi haqda mish-mishlar tarqalgandi. Mersisaydliklarning yangi yarim himoyachilar sotib olishi 32 yoshli ispanni klubni tark etishini anglatishini ta’kidlashdi. Ammo Fabritsio Romano bunday xabarlarni inkor qilmoqda. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Tyago bor e’tiborini "Liverpul"ga qaratgan va jamoasini o‘zgartirmoqchi emas. 

Eslatib o‘tamiz, Alkantaraning "qizillar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. U keyingi yil klubni tark etishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!