U-17 Jahon chempionati. Misr — Venesuela uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi

  • 06.11.2025 13:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor,, ayni paytda Qatar yashil maydonlarida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. E’tiborlisi, ushbu mundialda o‘zbekistonlik hakamlar ham ishtirok etmoqda.

Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar brigadasi U-17 Jahon chempionatidagi navbatdagi bahsda faoliyat olib borishadi.

Hakamlarimiz 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Misr — Venesuela terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda ishlaydi.

Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G‘iyosov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!