U-23 Osiyo kubogi. Bugun O‘zbekiston yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi

  • 17.01.2026 03:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi hal qiluvchi bosqichga kirib bormoqda. Bugun turnirning chorak finalidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Dastlab, soat 16:30'da O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘tkaziladi. Kunning ikkinchi uchrashuvida esa Avstraliya hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Ushbu to‘qnashuv soat 20:30'da start oladi.

Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov shogirdlari mazkur bosqichda Xitoy ustidan g‘alaba qo‘zonsa, yarim finalda Vyetnam yoshlar jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!