U-23 Osiyo kubogi. Yaponiya finalda yirik hisobda g‘alaba qo‘zonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi
U-23 Osiyo kubogi. Yaponiya finalda yirik hisobda g‘alaba qo‘zonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi
Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqa finalida Yaponiya Xitoyni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi.
Dastlab, uchrashuvning 12-daqiqasida Yuto Ozeki hisobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqada Kosei Ogura farqni ikkita oshirdi. Ikkinchi taymda ham "samuraylar" ikki gol urishga muaffaq bo‘ldi. Ryunosuke Sato penaltiidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 76-daqiqada Ogura dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, "Kunchiqar yurt" yoshlari o‘z tarixida uchinchi bor Osiyo chempioni bo‘ldi.
Fikrlar