
U baribir “Real”ga ketadi!
“Bavariya” rahbariyati jamoa himoyachisi Alfonso Devis bilan shartnomani yangilash bo‘yicha muzokara va harakatlarni to‘xtatdi.
Football Espana nashrining yozishicha, myunxenliklar bir necha oy davomida kanadalik futbolchini klubda qolishga ko‘ndirishga urinib kelgan.
Alfoso Devisning “Bavariya” bilan shartnomasi yozda tugaydi. “Real” klubi bu o‘yinchini so‘rab, “Bavariya”ga bir necha bor murojaat qilgandi. Biroq Myunxen superklubi mutasaddilari so‘ragan badal puli madridliklar taklif qilganidan ancha yuqori bo‘lgani bois, transfer amalga oshmagan.
23 yoshli futbolchi hamon “Real” nishonida turibdi. Devisning o‘zi ham yozda erkin agent sifatida Madridga borishi kutilyapti.
Fikrlar