U "Barselona"ga ham, "Liverpul"ga ham o‘tmaydi!

  • 16.06.2021 12:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik yarim himoyachi Lorentso Pellegrini "Roma"da qolishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, rimliklar 24 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni 2025 yilning yoziga qadar uzaytirishga tayyor. Agar tomonlar o‘rtasida yangi kelishuv imzolansa, yarim himoyachining maoshi 3 million evroga ko‘tariladi.

Lorentsoning "bo‘rilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan. Uning ayni damdagi transfer narxi 40 million evroni tashkil etadi.

Oldinroq OAV Pellegriniga "Liverpul" va "Barselona" klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!