U "Chelsi"da qoladi!

  • 25.04.2020 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Jurnalist Nikola Shiraning xabar berishicha, frantsiyalik forvard Olive Jiru "Chelsi" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “aristokratlar”ning 33 yoshli futbolchi bilan imzolagan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan. Kelishuv tomonlarning roziligi bilan yana bir mavsumga uzaytirilishi ham mumkin.

Aytish kerakki, “Inter” Jiruga 2022 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif qilgan. Ammo, londonliklarning taklifi unga ko‘proq ma’qul keldi.

Olive Jiru “Chelsi”ga 2018 yilning yanvarida 16 mln funt evaziga “Arsenal”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum APLda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!