
U ortga qaytishi kerak
“Barselona” prezidentligiga nomzod Joan Laporta klub yozda o‘z tarbiyalanuvchisi Ektor Belerinni ortga qaytarish shartligini aytmoqda.
Agar Laporta 24 yanvar kuni bo‘ladigan saylovda g‘olib chiqib, yana rahbarlik kursisini egallasa, “Arsenal”dan Belerinni olish uchun 24 million evro miqdorida pul ajratishini ma’lum qildi. O‘z navbatida, “Arsenal” ham asosiy tarkibga kira olmay qolgan ispan futbolchisini yurtiga qaytarib yuborishga tayyorligini bildirgan.
Ektor Belerin “Barselona”ning yoshlar jamoasida yaxshi o‘ynaganiga qaramay, asosiy tarkibga jalb qilinmagan va shundan so‘ng, 2011 yilda “Arsenal”ga ko‘chib o‘tgan va mashhur murabbiy Arsen Venger qo‘l ostida katta futbolga qadam qo‘ygan.
Fikrlar