Uch nafar kurashchimiz yilni jahon reytingi peshqadami sifatida nihoyasiga etkazdi

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) joriy yilning dekabr oyi uchun jahon reytingini e’lon qildi. 2025 yil yakuni aks etgan mazkur jadvalda yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi birinchi o‘rinda qayd etilgan. 

Unga ko‘ra, ortda qolayotgan yil turli musobaqalarda yuqori natijalar bilan qimmatli ochkolarni jamg‘argan Alisher G‘aniev -60 kg, Aytjan Xalmaxanov -63 kg va Abdullo Aliev -72 kg vazn toifalarida jahon reytingining peshqadami sifatida yilni yakunlaydigan bo‘lishdi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!