Uchta ingliz klubi Maktoninayga da'vogarlik qilmoqda
Bir paytlar APLni yondirgan edi
«Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktoninayning Angliyaga qaytishi haqidagi mish-mishlar Yevropa matbuotida tobora kuchayib bormoqda.
Manbalarga ko‘ra, shotlandiyalik futbolchi katta ehtimol bilan kelasi yoz Italiyanı tark etadi. Uning «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, tomonlar yangi bitim tuzishi qiyin ko‘rinayotgani aytilmoqda. Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 29 yoshli havbekka «Manchester Yunayted», «Nyukasl» va «Aston Villa» jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portali Skott Maktoninayning taxminiy transfer qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, Italiyanı yo‘l olgunga qadar u uzoq yillar davomida «Manchester Yunayted» tarkibida to‘p surgan va klub tizimida yigirma yildan ortiq vaqt faoliyat yuritgan.

Izohlar (0)