UEFA 2030 yilgi jahon chempionatini boykot qiladi
UEFA 2030 yilgı jahon chempionatiga shartlı boykot e’lon qıldı. Bu haqdagi qaror bugun o‘tkazilgan onlayn yig‘ilishida uyushmaning barcha 55 ta milliy assotsiatsiyasi tomonidan ma’qullandi.
Yevropa futboli rahbariyatining keskin munosabatiga FIFAning FIFA Forward Enterprise nomli alohida kompaniya tuzish rejasi sabab bo‘ldi. Ushbu tuzilma orqali federatsiyaning eng yirik musobaqalariga oid tijorat va translyatsiya huquqlarini boshqarish ko‘zda tutilgan edi. Loyihadagi ulushlarning bir qismini xususiy investorlarga berish taklif qilingan — turli manbalarga ko‘ra, gap 20–30 foiz atrofidagi paket haqida ketmoqda. UEFA buni maqbul deb topmadi: uyushmaga ko‘ra, jahon chempionati avvalo sport merosi, uni oddiy investitsiya loyihasiga aylantirish mumkin emas.
UEFA bayonotida alohida ta’kidlanishicha: «Jahon chempionati sotilmaydi». Boykot tahdidi faqat 2030 yilgı erkaklar mundialiga emas, balki ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga ham taalluqli.
Shu bilan birga, boykot hozircha shartlı hisoblanadi. Agar FIFA xususiy investorlar bilan bitimdan voz kechsa va musobaqalarning hozirgi formati saqlanishini kafolatlasa, Yevropa assotsiatsiyalari jahon chempionatlarida ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2030 yilgı jahon chempionati Portugaliya, Ispaniya va Marokash hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqaning ayrim ochilish uchrashuvlari esa ilk mundial o‘tkazilganiga yuz yil to‘lishi munosabati bilan Argentina, Urugvay va Paragvayda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar