UEFA mish-mishlarni inkor etdi

  • 15.11.2020 00:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

UEFA matbuot xizmati bugun “Evro-2020”ning barcha o‘yinlarini Buyuk Britaniyada o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

“UEFA “Evro-2020” o‘yinlarini o‘tgan yili belgilangan formatda va belgilangan maydonlarda o‘tkazmoqchi. Bu haqdagi qarorlar ancha avval qabul qilinishi mumkin edi, ammo hozir mezbonlarni o‘zgartirish rejasi yo‘q. UEFA hozir bor e’tiborini 12 ta shahardagi o‘yinlarni muxlislar ishtirokida o‘tkazishga qaratgan”, - deyiladi tashkilot xabarida.

“Evro-2020” o‘yinlari 2021 yilning 11 iyunidan 11 iyuliga qadar Evropaning 12 ta shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!