UEFA Superkubogi finalchisi uchun katta yo‘qotish

  • 05.08.2024 16:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Atalanta” hujumchisi Janluka Skamakka “Parma” bilan kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olib maydonni tark etgan edi.

 Bergamoliklar ma’lum qilishicha, italiyalik forvardning xochsimon paylari  uzilgan. Ko‘plab nashrlar 25 yoshli futbolchini kamida 5 oyga safdan chiqqanini yozishmoqda.

“Atalanta” 14 avgust kuni UEFA Superkubogi finalida “Real Madrid”ga qarshi maydonga tushadi.

Skamakka o‘tgan mavsum 44 ta uchrashuvda 19 gol va 7 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!