
UEFA yana bir musobaqani bekor qilganini e’lon qildi
Koronavirus pandemiyasi va mamlakatlar o‘rtasidagi sayohatga cheklovlar UEFA Yoshlar ligasida mavsumni bekor qilishga olib keldi. Ushbu qaror UEFA Ijroiya qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan.
Dastlab, Yoshlar ligasida mavsum boshlanishi bahorga qoldirilgani, musobaqa formati o‘zgartirilib, unda faqatgina pley-off o‘yinlari o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi.
“Ishtirok etuvchi klublarning harakati cheklanishi va ularning uchrashuvlarini tashkil qilishda jiddiy qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda. Allaqachon ikkita klub musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi. UEFA Ijroiya qo‘mitasi musobaqa boshlanishini yana keyinga qoldirishning iloji yo‘qligini va yosh futbolchilarning salomatligi va xavfsizligi ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda”, - deyiladi tashkilot bayonotida.
Fikrlar