
"UFC 249" turnirida og‘ir vazn toifasining eng kuchli greppling ustasi aniqlanadi
Aleksey Oleynik og‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Fabrisio Verdumga qarshi jangning ahamiyati haqida gapirdi.
"Bu jang UFC ning og‘ir vazn toifasidagi eng yaxshi grepplingchisini aniqlaydi. Ehtimol, bu borada barcha davrlarning eng yaxshisi uchun jang bo‘lar...
Verdum har doim eng yaxshi greppling ustalaridan biri bo‘lgan. Yaratgandan mazkur to‘qnashuvda yordam berishini so‘rayman. Bu men uchun juda muhim jang, chunki men eng zo‘rlaridan biri bilan jang qilaman.
Agar g‘alaba qozonsam, og‘ir vazn reytingida o‘z o‘rnimni yaxshilayman. Agar yutqazadigan bo‘lsam, eng kuchlilaridan biriga yutqazaman “, - dedi Oleynik.
Verdum - Oleynik jangi 9 may (Toshkent vaqti bilan 10 may) kuni "UFC 249" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
Manba: Sports.ru
Fikrlar