UFC 304 turnirida super janglar ko‘ramiz!
UFC rahbari Dana Uayt 20 iyul sanasida bo‘ladigan UFC 304 turnirining rasmiy kardi anonsini e’lon qildi.
Turnirning asosiy jangida yarim o‘rta vazn chempioni Leon Edvards (22-3) o‘z kamarini Bilol Muhammad (23-3)dan himoya qiladi. Bilamizki, Bilol Muhammad Habib Nurmagomedov bilan bitta zalda mashq qiladi.
"Co-main event" maqomidagi jangda Tom Aspinall (14-3) va Kyortis Bleydes(18-4) og‘ir vazn vaqtinchalik chempion unvoni uchun jang qilishadi. Shuningdek , turnir asosiy kardidan ko‘plab raqobatli janglar joy olgan:
Arnold Allen (19-3) - Giga Chikadze(15-3)
Muhammad Mokaev (12-0) - Manel Kape(19-6)
Bobby Green(32-15-1) - Peddi Pimblet (21-3).





Fikrlar