
UFC. Chandlerning Makgregorga qarshi janggi bekor bo‘lgani rostmi? Sportchining o‘zi javob berdi
Engil vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni Maykl Chandler irlandiyalik mashhur MMA jangchisi, engil va yarim engil vazn toifasida ikki karra UFC’ning chempioni Konor Makgregor bilan jangi UFC 303 turniri doirasida bo‘lib o‘tadimi yoki yo‘qligini aytdi.
“Ayni paytda bu haqda juda ko‘p mish-mishlar yuribdi, ammo jang hali ham o‘z kuchida. Bu 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi”, — dedi Chandler.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni liga rahbariyati Dublinda Konor Makgregor va Maykl Chandler ishtirok etishi kerak bo‘lgan matbuot anjumanini bekor qilgan va bu o‘z navbatida jangning bekor bo‘lishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘lgandi.
Maykl Chandler faoliyati davomida 23 g‘alaba va 8 mag‘lubiyat qayd etgan. U o‘zining oxirgi jangini UFC 281 turniri doirasida Dastin Porega qarshi o‘tkazgan va mag‘lub bo‘lgan.
Fikrlar