UFC da yangi "Konor Makgregor" paydo bo‘lmoqda
Braziliyalik UFC jangchisi Maurisio Ruffi taniqli MMA ustasi Arman Tsarukyan ni nokaut bilan mag‘lub etsa, yangi Konor Makgregor sifatida tilga olinishi mumkin. Bu haqida braziliyalikning bosh murabbiyi Jo Lopes "Submission Radio" ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Lopesning ta'kidlashicha, Maurisio so‘nggi yillarda parterdagi kamchiliklarini to‘liq bartaraf etgan va endilikda engil vaznda yilning eng katta sensatsiyasini yaratishga tayyor.
"Maurisio so‘nggi yillarda kurashchining oyoqqa hujumlaridan himoyalanish bo‘yicha juda katta qadam tashladi. Hozir uni yerda ushlab turish oson emas. Ruffining uslubi juda g‘ayrioddiy, unga qarshi tayyorgarlik ko‘rish qiyin. Shuningdek, zarbalari ham ancha kuchli. Oktagonda har bir harakatini o‘ylab bajaradi. Albatta, u eng kuchli kurashchi bo‘lishi shart emas — unga jangni yana "stoyka"ga qaytarish imkoniyati kifoya. Ko‘rasiz, Arman Ruffini parterda ushlab tura olmaydi.
Ochig‘ini aytsam, Ruffining "stoyka"da jang qilishi Konor Makgregorni eslatadi", — dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Ruffi va Tsarukyan qarama-qarshiligi 20 sentabr kuni "UFC 331" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar