UFC jangchisi restoranda janjal chiqardi (Video)

  • 09.07.2020 12:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikalik UFC jangchisi Mayk Perri restoranlarning birida janjal ishtirokchisiga aylandi. 28 yoshli sportchi katta yoshli erkak bilan kelisha olmay qolib, unga zarba yo‘llagan. Jabrlanuvchi zarba tufayli erga qulagan. Shundan so‘ng, restoranda xavfsizlik choralari ko‘rilib, janjal nihoyasiga etgan.

Perri yarim o‘rta vazn toifasida harakat qiladi. U faoliyati mobaynida 20 ta jang o‘tkazib, 14 tasida g‘alaba qozongan. 6 bora mag‘lubiyatga uchragan edi. UFC dagi natijasi esa, ettita g‘alaba va olti mag‘lubiyatdan iborat.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!