Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

UFC rahbari Dana Uaytga qanday jangchilar yoqadi?

Javohir Malikov
Izohlar: 0

UFC prezidenti jangga tez-tez chiqishga intilgan sportchilarni alohida qadrlashini ta'kidladi

UFC prezidenti Dana Uayt jangga tez-tez chiqishga intilgan sportchilarni alohida qadrlashini ta’kidladi.

"Men shunday jangchilarni yaxshi ko‘raman. Contender Series loyihasi UFC va butun biznes uchun katta o‘zgarish olib kirdi. Eng yoqimli jihati shundaki, u yerdan kelgan yigitlar oktagonga qadam qo‘yishi bilanyoq kuchli taassurot qoldiradi va darhol yana jang qilish istagini bildirishadi. "Fight Island" dagi Hamzat Chimaevni eslaylik: u “Keyingi haftaning o‘zida yana oktagonga chiqmoqchiman." derdi.

Qancha ko‘p odam seni bilsa, isming shuncha tez mashhur bo‘ladi. Yakshanba, dushanba kunlari sen haqingda ko‘proq gapirishadi, natijada daromading ham ortadi”, — dedi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, UFC ning navbatdagi turniri 29 avgust kuni Shanxayda o‘tkaziladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q