Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbek sporti

UFC rasmаn Ramazon Temirov nokautigа munosаbаt bеrdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bir zarba hammasini hal qildi

UFC Eurasia oʻzining rasmiy sahifasida Abu-Dabida (BAA) boʻlib oʻtgan UFC 333 turnirida oʻzbekistonlik jangchi Ramazan Temirov (20-2)ning ingliz sportchisi Lonir Kavana (10-2)ga qarshi jangda magʻlub boʻlganini izohladi.

«Kavana birinchi raunddayoq apperkot zarbasi bilan Temirovni toʻxtatdi!», — deyiladi nashrdagi xabarda.

Jang engil toifada oʻtkazildi va birinchi raunddayoq britan jangchisining texnik nokauti bilan yakunlandi. Ushbu bahs oldidan Kavana UFC ushbu divizioni reytingida oltinchi, Temirov esa oʻninchi oʻrinni egallab turgan edi.

Bu magʻlubiyat Temirov uchun UFC doirasidagi toʻrtta jangidan keyingi ilk yutqazish boʻldi va uning professional MMAdagi oʻn ikki oʻyindan iborat gʻalabali seriyasiga chek qoʻydi. Endi oʻzbekistonlik sportchining hisobida 20 gʻalaba va 3 magʻlubiyat bor. Kavana esa oʻz natijasini 11 gʻalaba va 2 magʻlubiyatgacha yaxshiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q