Ukraina o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

  • 8 oktabr, 2020, 10:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Andrey Shevchenko boshchiligidagi Ukraina terma jamoasi kecha Frantsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 7:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, bu Ukraina terma jamoasining tarixdagi eng yirik mag‘lubiyati bo‘ldi. Shu paytgacha ushbu terma jamoa bir o‘yinda o‘z darvozasidan 4 tadan ortiq gol o‘tkazib yubormagan.

Ukraina shu paytgacha Ispaniya, Xorvatiya, Chexiya, Slovakiya, Frantsiya, Ruminiya va Germaniya terma jamoalariga qarshi o‘yinlardagina 4 ta gol o‘tkazgan.

Frantsiya terma jamoasi 2014 yildan buyon ilk bor bir o‘yinda 7 ta gol urdi. O‘shanda frantsuzlar Yamaykani 8:0 hisobida taslim qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!