
Ukraina terma jamoasi forvardi dopingga yo‘liqdi
"Dinamo" Kiev klubi va Ukraina terma jamoasi forvardi Artyom Besedin doping testdan o‘tkazildi.
23 yoshli futbolchi Evropa ligasining “Malmyo”ga qarshi o‘yinidan so‘ng analiz topshirgan. U hozirda 30 kun davomida har qanday futbolga oid xatti-harakatlardan chetlatilgan.
Ma’lumot uchun, Besedin “Dinamo” Kiev tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida 105 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga assistentlik qilgan.
Fikrlar