Ukraina xujumchisi "Latsio"ga o‘tishi mumkin

Belgiyaning "Gent" klubi xujumchisi Roman Yaremchuk faoliyatini "Latsio"da davom ettirishi mumkin.

23 yoshli Ukraina terma jamoasi forvardi Evropa Ligasining saralash bahslarida 3 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi va 4 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Rim klubining qiziqishlari doirasiga Fernando Lorente va Dani Olmo kabi xujumchilar ham kirmoqda.
Ma’lumot uchun, Yaremchuk 2017 yili "Dinamo Kiev" jamoasidan "Gent" safiga kelib qo‘shilgan.

Forvard Ukraina terma jamoasi safida 8 ta uchrashuvni o‘tkazgan va 2 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!