Ulug‘bek Hoshimov: "Qiyin g‘alaba qozonganimiz o‘z ustida ishlashimiz uchun motivatsiya bo‘ladi"

  • 2 iyun, 2022, 15:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U-23 hamda Turkmaniston U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda vakillarimiz qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinni faol o‘tkaza olgan gol muallifi Ulug‘bek Hoshimov bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Biz birinchi o‘yin qolganlarga qaraganda qiyin bo‘lishini bilardik. G‘alaba qozonganimizga qaramay, yaxshiroq hisobdagi natijaga loyiq edik. 

Men yomon o‘ynadik, deya olmayman. Bu biz uchun dars bo‘ldi. Kelgusi bahslarda yaxshiroq natija qayd etamiz. 

Maqsadimiz - doim oldinga intilish. Murabbiy meni chaqirib, "sen qiladigan yagona ish - gol urish", - dedi. 

Turkmanistonga qarshi 3 ochko olganimiz muhim. Qatar va Eron bilan bo‘ladigan o‘yinlarda g‘alaba qozonishni istaymiz. Qiyin g‘alaba qozonganimiz o‘z ustida ishlashimiz uchun motivatsiya bo‘ladi", - dedi "Neftchi" yarim himoyachisi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!