Asosiy mazmunga oʻtish

Olimpizm

Ulug‘bek Rashitov ispaniyalik raqibini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Uning finaldagi raqibi Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) / Zaid Karim (Iordaniya) bahsi g‘olibi bo‘ladi

"Parij-2024" Olimpiadasi davom etadi. 

Taekvondo WT bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov ikkinchi oltin medal sari yana bir dadil qadam tashladi. Hamyurtimiz ispaniyalik Xaver Peresga qarshi kechgan yarim final jangida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi u chempionlik uchun Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) / Zaid Karim (Iordaniya) bahsi g‘olibiga qarshi dayanga ko‘tariladi.

Rashitov Tokio Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgach, saytimizga intervyu bergan edi. U nima sabab taekvondoni tanlagani, kumiri, faoliyatidagi eng qiyin raqiblar va Olimpiadadagi ishtiroki haqida gapirib bergan edi. U bugun ikkinchi marotaba finalga chiqdi. Quyida intervyuni tomosha qiling!

https://youtu.be/tBOPBuflpls?si=JDuaelwI0JeQzq-o

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q