Umar Nurmagomedovning faoliyatidagi eng qiyin jang qaysi edi?

  • 03.01.2025 12:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Rossiyalik UFC jangchisi Umar Nurmagomedov faoliyatidagi eng qiyin jang haqda gapirdi. 

“Agar Dvalishvili oson "o‘lja", desam, beadablik bo‘ladi. Bunday deb o‘ylamayman. U yaxshi jangchi.  Ammo men uchun eng qiyin raqib –  Kori Sendxagen bo‘lgan. Bu bahs hayotimdagi eng og‘iri edi" — deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie" UFC matbuot xizmatiga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, Umar o‘tgan yilning avgust oyida amerikalik Kori Sendxagen bilan uchrashgan va uni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!