Umtiti faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma’lum

  • 22.07.2023 05:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqindagina "Barsa" bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangan Samuel Umtiti faoliyatini "Lill" klubida davom ettiradi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. 

Umtiti va Frantsiya klubi o‘zaro kelishib olgan. U tibbiy ko‘rikdan ham o‘tib bo‘ldi. Tez orada rasmiy xabar e’lon qilinadi. 

Jahon chempioniga Frantsiya chempionati begona emas. U 2009-2016 yillar oralig‘ida "Lion" tarkibida to‘p tepgan. "Barsa" himoyachini 25 million evroga sotib olgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!