Unga mehrim bo‘lakcha! Gvardiola “Siti”ning qaysi o‘yinchisini yaxshi ko‘rishini aytdi

  • 20.12.2025 23:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 17-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida Erling Xolandning dubli va Tijani Reyndersning bir goli evaziga “Vest Xem”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 37 ochko bilan musobaqa jadvalida vaqtincha bo‘lsa-da, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Tecno

Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola shogirdlari orasida jamoa sardori Bernardu Silvaga mehri bo‘lakcha ekanini alohida ta’kidladi.

-  Har qanday joyda – “Bernabeu”da, “Kamp Nou”da, Milanda va har qanday raqib – masalan, “Liverpul”ga qarshi o‘ynay oladigan futbolchilar bor.

Eng katta sahnalar uchun tug‘ilgan, hayot-mamot uchun o‘ynay oladigan futbolchilar ham bor va Bernardu Silva shulardan biri!

Bernardu Silva – mening nozik joyim. U top-futbolchi!

Lekin bugun, Berni… U yaxshiroq o‘ynashi kerak edi! Garchi u mening sevimli o‘yinchim bo‘lsada, bugungi o‘yinidan noroziman.

Bernardu sifatli o‘yinimizni ta’minlash uchun nimalar kerakligini aniq biladi. Bernida yaxshi holat bo‘ladimi, yomon davrlarmi, ulardan qat’i nazar faqat oldinga intilishga undaydigan ajoyib sifatlar bor, - dedi Xosep Gvardiola City Xtra nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!