"Uotford" "Napoli"ga Deulofeuning narxini aytdi

  • 21 iyun, 2019, 09:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" ustozi Karlo Anchelotti klub rahbariyatidan "Uotford" yarim himoyachisi Jerar Deulofeuni sotib olishni so‘ramoqda.

Tecno

Calciomercato nashrining xabar berishicha klublar hozircha transferning moliyaviy tomonlari masalasida o‘zaro bir qarorga kela olishmayapti. Gap shundaki, APL klubi 25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 30 mln evro talab qilmoqda. Biroq, neapolliklar ushbu summani kamaytirishga harakat qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Deulofeu o‘tgan mavsum “Uotford” safida 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 12ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!