
"Uotford"da 3 ta koronavirus aniqlandi. Futbolchilar mashg‘ulotlarga chiqishdan bosh tortishdi
“Uotford” klubining 3 ta vakilida koronavirus qayd etildi. Bu haqda The Athletic muxbiri Devid Ornstayn xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kasallanganlarning 1 tasi futbolchi 2 tasi esa klub xodimi hisoblanadi. Ular hozirda o‘zlarini yaxshi his qilmoqda, ammo baribir 7 kunlin karantinga olinadi.
Shu sababli “Uotford”ning aksariyat futbolchilari jamoaning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortishdi. Premer-liga bayonnomasiga ko‘ra, agar futbolchi va murabbiylar sog‘ligiga xavf tug‘ilsa, klub rahbariyati ularni mashg‘ulotlarga jalb etishga majburlay olmaydi.
"Uotford" ayni damda APL musobaqa jadvalida 27 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar