Asosiy mazmunga oʻtish

"US Open". Erkaklar o‘rtasidagi finalchilar bilan tanishing

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Faqatgina 1 o‘yin qoldi.

Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Amerika ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Turnirning birinchi tartib raqam ostida saralangan raketka ustasi Novak Jokovich germaniyalik Aleksandr Zverevni mag‘lubiyatga uchratdi. 5 set davom etgan bahsda serbiyalik tennischi o‘z raqibidan 4:6, 6:2, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida ustun keldi.

Ikkinchi finalchi nomi Daniil Medvedov hamda Feliks Oje-Alyassim o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlandi. 3-tartib raqamli Medvedev Kanada sharafini himoya qilayotgan raqibini 6:4, 7:5, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Endi Jokovich va Medvedov o‘rtasidagi "US Open" finali 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q