
Usmon Toshev O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin
Bilasiz, o‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Usmon Toshev Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi.
SPORTS.uz sayti jurnalisti Jaloliddin Qobiljonovning ma’lum qilishicha, mutaxassis milliy jamoamiz boshqaruviga kelishi mumkin. O‘FA bu borada Toshevga aloqaga chiqqan. Buni murabbiyning o‘zi ham tasdiqladi.
Avvalroq, O‘FA mahalliy va xorijlik murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi. Tez orada saytimizning "Youtube" kanalida Usmon Toshev bilan amalga oshirilgan intervyuni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar