UZ Football Awards. Yilning eng yaxshi futzalchisi va murabbiyi bo‘lishga nomzodlar ma’lum qilindi (Foto)

  • 17 dekabr, 2021, 13:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, yil davomida o‘zini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana ko‘plab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – UZ Football Awards tadbirini o‘tkazadi. 

Tecno

UZ Football Awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni ZO’R TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, ayollar Oliy ligasidagi "Eng yaxshi futbolchi va murabbiy"i bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qilingandi. Endi esa futzalda yilning eng yaxshi murabbiyi va futzalchisi bo‘lishga da’vogarlar ma’lum qilindi.

Futzal. Yil murabbiyi bo‘lishga nomzodlar:

Shuhrat Tashmedov (“Paxtakor”) — O‘zbekiston chempioni 2020/21

Bahodir Ahmedov (O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax”) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi

Ahadjon Yusupov (“Lokomotiv”) — O‘zbekiston kubogi-2020/21 sohibi.

photo_2021-12-17_06-42-20

Futzal. Yil futzalchisi bo‘lishga nomzodlar:

Anasxon Rahmatov (O‘zbekiston futzal terma jamoasi va AGMK/ “Huaxin-Jizzax”) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi, Oliy liga-2020/21 bronza medali sohibi

Davron Choriev (O‘zbekiston futzal terma jamoasi va AGMK/ “Huaxin-Jizzax”) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi, Oliy liga-2020/21 bronza medali sohibi

Ravshan Elibaev (O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Paxtakor”/ “Lokomotiv”) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi, Oliy liga-2020/21 chempioni

Dilshod Rahmatov (O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax”) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi, Oliy liga-2020/21 bronza medali sohibi

Husniddin Nishonov (O‘zbekiston futzal terma jamoasi va AGMK/“Huaxin-Jizzax”) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi, Oliy liga-2020/21 kumush medali sohibi

photo_2021-12-17_09-40-43

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!