Asosiy mazmunga oʻtish

"Uzchess Cup 2025". "Masters", "Challengers" va "Futures" guruhida g‘oliblar va pul mukofotlari aniqlandi!

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Ikki hamyurtimiz so‘nggi soniyalarda chempionlikni qo‘ldan chiqardi

Xabaringiz bor, bir necha daqiqa avval "Uzchess Cup 2025" turnirining bir necha guruhlari o‘z nihoyasiga etdi. 
 
"Masters" guruhida Praggnandhaa Rameshbabu chempionlikni qo‘lga kiritdi. 
 
Mukofotlar esa quyidagicha: 
 
1. Praggnandhaa Rameshbabu - 20000$ 
2. Javohir Sindarov - 15000$ 
3. Nodirbek Abdusattorov - 10000$ 
 
"Challengers" guruhida Nikolas Theodorou 6.5 ochko bilan chempion bo‘ldi. 
 
Yurtdoshimiz Muhiddin Madaminov esa 6 ochko jamg‘arib ikkinchi o‘rin sohibiga aylandi. 
 
"Futures" guruhida esa Saparmyrat Atabaev 6 ochko bilan chempionlikni rasmiylashtirdi. 
 
Turnir boshidan beri yorqin o‘yin ko‘rsatib kelayotgan Ortiq Nigmatov esa 5.5 ochko bilan ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q