UzFPL rahbari: "Nasaf", "Bunyodkor" va "Buxoro"ning homiysini yo‘qotishi - muqarrar kutilgan kun edi"

  • 25.02.2026 02:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

UzFPL rahbari Diyor Imomxo‘jaev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan bo‘lgan intervyuda Superligadagi ayrim jamoalarning homiysini yo‘qotgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
— "Nasaf", "Bunyodkor" va "Buxoro" homiysini yo‘qotdi. Bu Liga uchun muammo emasmi? 
 
— Bu muqarrar kutilgan kun edi. Bekobodda boshlangan muammo boshqa klublarda ham bo‘lishini aytganman. 2020 yilda bizda ham pul yo‘q edi, lekin ishladik. Bu mavsumda qancha yangiliklar tayyorlab qo‘yganmiz, lekin shunday muammolar ham bor. Davlat ulushi bor korxonalarga bog‘langan hamma klubda muammo bor. Davlat tartibga keltirmoqchi, "o‘lib ketsin" demayapti. Ariqlarni tozalash kerak, shunda suv yaxshi oqadi. O‘zbek futboli hammaning ko‘ziga pul yeydigan narsa bo‘lib ko‘rindi, lekin biz to‘g‘ri ishlasa natija bo‘lishini isbotladik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!