Uzoq yillar A Seriyada o‘ynagan "Kevo" professional klub maqomini yo‘qotdi

  • 27.07.2021 12:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyaning "Kevo" klubi professional klub maqomidan mahrum bo‘ldi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, klub qarzdorlik va bankrotlik sababli ro‘yxatdan o‘tishdan bosh tortdi.

Shu tariqa "Kevo" Italiya V Seriyasini tark etdi. Jamoa endi havaskorlar ligasi hisoblangan D Seriyaga o‘tkaziladi. Uning V Seriyadagi o‘rnini "Kozentsa" jamoasi egallaydi.

"Kevo" o‘tgan mavsum V Seriyada 8-o‘rinni egallagan edi. Klub 2001-2019 yillarda (2007/08 mavsumdan tashqari ) Italiya A Seriyasida ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!