Vadim Abramov Iordaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 15 fevral, 2021, 22:43
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in olib borayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi biroz muddat avval Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, unda 2:0 hisobi bilan g‘alabaga erishdi. O‘yindan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Ha, terma jamoa yosh futbolchilarining o‘yiniga ishonaman. Ular yosh bo‘lishiga qaramay, imkoniyat berishda davom etamiz. Shundagina ular etarli tajribani to‘plashi mumkin bo‘ladi. 

Iordaniyaga qarshi o‘yin reyting ballariga ta’sir ko‘rsatadigan maqomda edi. Men doim aytaman, O‘zbekiston sha’nini himoya qilyapmizmi, doim g‘alabani xohlaymiz. Ammo bugun, qaysidir ma’noda tavakkal qilishga majbur bo‘ldik. Tarkibdan ham ko‘rib turibsiz. Barchaga ayonki, natijadan qat’i nazar, biz hali tayyor emasmiz. Bu normal holat. Bizda jismoniy holat u qadar yuqori emasdi. Sababi, hali milliy chempionat boshlanib ulgurmagan. Shunga qaramay, golni his qilish qobiliyatini yo‘qotmagan futbolchilarimiz bugun g‘alabani ta’minladi. 

Bugun qizil kartochka sabab ancha erkin o‘ynadik va kengroq maydonlarga ega bo‘ldik. Boshqa tarafdan, o‘yin juda foydali bo‘ldi. G‘alaba bilan yigitlarni tabriklayman va ularga rahmat aytaman", - dedi Abramov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/02/2021 23:14
Husniddin nimaga olib ketgansiz. Yo Tuhtahujaev. uyin amaliyoti kammi.