Vadim Abramov: "Odatda qishki yig‘inlardagi g‘alabalar meni xursand qilmaydi"

  • 12.02.2026 10:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Pyunik» va «Dinamo» oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyinidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov uchrashuv borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«Oʻyinlar orqali tayyorgarlik koʻrishda davom etyapmiz. Bugun omadimiz keldi, gollar urdik, bungacha ikkita oʻyinda gol urmagandik, bugun urganimiz xursand qiladi. Umuman olganda, hammasi reja boʻyicha ketmoqda.

Ikki boʻlimda ikki xil taymga guvoh boʻldik? Ha albatta, hammaga oʻynash imkonini berdik. Ikkinchi boʻlimda maydonga tushgan oʻyinchilar oʻyinga temp qoʻshishdi va omadli gollar urildi. 

Oʻzgarishlar oʻyin uchun reja edimi? Reja faqat bitta – tayyorlanish va yutish. Shunday ham boʻldi. 

Navbatdagi oʻyin 14 fevral kuni «Lokomotiv» Moskvaga qarshi? Yaxshi raqib. Koʻrib turibsiz, har bir sparring uchun mamlakatlarning yetakchi klublariga qarshi oʻynayapmiz. Umid qilamanki, bu jamoa va tarkibdagi yoshlar uchun foydali boʻladi. 

3:0 hisobidagi gʻalabadan keyin hammasi yaxshi deb oʻylaysan, shu bois oʻzi odatda qishki yigʻinlardagi gʻalabalar meni xursand qilmaydi. Chunki xuddi hammasi yaxshidek koʻrinib, xotirjamlikka berilish mumkin. Ammo muammolar bor va biz buni yechishimiz kerak. Umid qilamanki, chempionat startigacha yechamiz», - dedi Vadim Karlenovich klub matbuot xizmatiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!