Vadim Abramov: Osiyo futbolida Rossiyaga oson bo‘lmaydi!

  • 27 aprel, 2022, 09:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

UEFA tomonidan Rossiya futboliga qo‘llanilgan sankutsiyalar sababli ushbu mamlakat futbol ittifoqi rahbariyatida Osiyo futbol konfederatsiyasiga o‘tish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Rossiyaning “Vsyo Pro Sport” nashri bu borada O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlarini e’lon qildi.

- Osiyo futibol konfederatsiyasiga o‘tish Rossiya futboliga foyda keltiradi, deb o‘ylamayman. Biroq to‘liq izolyatsiyada qolgandan ko‘ra, Osiyoda futbol o‘ynash tanlovi so‘zsiz yaxshi variant. Aslida odam o‘z kasbi bilan shug‘ullanish imkoniyatidan mosuvo bo‘lmalsigi kerak. Hech kim unga ishlashni ta’qiqlab qo‘yolmaydi.

Lekin sizlarga rossiyaliklar yutadigandek ko‘rinayotgan bo‘lsa, bu xato. Osiyodashi iqlimga ko‘nikish juda katta qiyinchilik tug‘diradi. Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarda kechasi soat 10 da ham havo juda dim bo‘ladi.

Tailand yoki Maylayziyada umuman boshqa muammo – namlik juda yuqori. Bundan tashqari, rossiyalik o‘yinchilar uzoq masofadagi uchishlarda yuzaga keladigan bosimlarni engolmaydi.

Avstraliya ham Osiyo futbolf konfederatsiyasiga o‘tganidan keyin hamma narsani yutamiz, deb o‘ylagan edi. Amalda bunday bo‘lib chiqmadi. Rossiya ham u erda g‘alabalarni qalashtirib tashlolmaydi. Oson bo‘ladi deb o‘ylamanglar, - dedi Vadim Abramov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!