Vadim Abramov va Aziz Haydarov kecha Namangan viloyati hokimi bilan uchrashdi

  • 20 mart, 2021, 14:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov va O‘FA Terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov kecha Namangan shahrida bo‘ldi.

Tecno

O‘FA vakillari Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov bilan uchrashib, O‘zbekiston MTJning "Markaziy" stadionida o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yini bo‘yicha suhbat qurdi.

Uchrashuvda 26-mart sanasida Gana terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish masalalari muhokama etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Gana xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi Namangandagi "Markaziy" stadionida 26-mart soat 18.00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!