
"Valensiya" futbolchisi koronavirusdan sog‘ayib safga qaytdi
“Valensiya” yarim himoyachisi Denis Cherishev koronavirusdan to‘liq sog‘aydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, rossiyalik futbolchi bugundan boshlab jamoaning umumiy guruhida shug‘ullanishni boshlagan. Cherishevda 27 noyabr kuni Covid-19 aniqlangan edi.
Denis joriy mavsum La Ligada 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar